Ayiq 15 daqiqa uy egasining jakuzisida cho‘mildi.
AQShning Tennesi shtatidagi yovvoyi qora ayiq aholi punktlari bo‘ylab sayr qilib, xonadonlardan biriga kirgan. Uy egasi Meyson Treboni ayiq hovlisidagi to‘siqdan oshib o‘tayotganini ko‘rdi.
Jonivor hovlida turgan jakuziga tushib, unda 15 daqiqa cho‘milganidan keyin uydan chiqib ketgan.