Jahon harbiy xarajatlari 2026 yilda 3,29 trillion dollarga yetadi. Bu haqda SIPRI, NATO va milliy idoralar ma’lumotlari dalolat bermoqda.
Solishtirish uchun: 2025 yilda jahon bo‘yicha harbiy xarajatlar 2,95 trln dollarni tashkil etgandi.
Global mudofaa xarajatlarining uchdan bir qismi 2025 yilda AQSh hissasiga to‘g‘ri keldi (954 milliard dollar), NATOning qolgan mamlakatlari umumiy xarajatlari esa taxminan 550 mlrd dollarni tashkil etdi. AQSh xorijga qurol-yarog‘ sotishni ko‘paytirgan: 2021 yilda 54 mlrd dollar edi, 2025 yilda kamida 64 mlrd dollargacha o‘sdi.
So‘nggi besh yilda qurol-yarog‘ning eng yirik qabul qiluvchisi Ukraina bo‘ldi. 2021 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda yetakchi import qiluvchilar qatoriga, shuningdek, Hindiston (56 mlrd dollar), Saudiya Arabistoni (46 mlrd), Qatar (44 mlrd) va Pokiston (29 mlrd) kirdi.