World Food Programme (BMT Jahon oziq-ovqat dasturi)ning favqulodda hisobotiga ko‘ra, Eron bilan bog‘liq harbiy mojaro 2026 yil yozigacha davom etsa, dunyoda ochlikdan aziyat chekuvchilar soni 45 million kishiga oshishi mumkin. Shu tariqa, umumiy ko‘rsatkich 319 million nafardan oshib ketadi.
Mutaxassislar asosiy sabab sifatida don tanqisligini emas, balki global logistika izdan chiqishi va energetik inqirozni ko‘rsatmoqda. Xususan, Hurmuz bo‘g‘ozi orqali neft va o‘g‘itlar uchun xom ashyo yetkazib berish cheklanishi “domino effekti”ni keltirib chiqargan.
So‘nggi ikki haftada Afrika va Osiyoga gumanitar yordam yetkazish xarajatlari 18–25 foizga oshgan. Basra qo‘ltig‘idan keladigan azot va fosfat o‘g‘itlari tanqisligi esa Janubiy yarim shardagi ekin ekish mavsumiga xavf tug‘dirmoqda.
Importga qaram davlatlarda oziq-ovqat narxlari rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ikki barobar tez o‘smoqda.
“Qizil zona”ga Sudan, Yaman, G‘azo sektori, Gaiti va Janubiy Sudan kiritilgan. Shuningdek, Afg‘oniston, Pokiston, Nigeriya va Chad davlatlarida ham ochlar soni keskin oshishi kutilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, tezkor diplomatik choralar ko‘rilmasa, dunyo yangi beqarorlik va migrasiya inqirozlari to‘lqiniga duch kelishi mumkin.