Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Jahon neft zaxiralarini tiklashga kancha vaqt kerak?

Jahon neft zaxiralarini tiklashga kancha vaqt kerak?

Jahon neft zaxiralarini tiklashga ikki yilgacha vaqt ketishi mumkin.

Saudi Aramco bosh direktori Amin Nosirning aytishicha, AQSh va Eron urushi sabab yuzaga kelgan neft taqchilligidan keyin dunyodagi neft zaxiralarini qayta tiklashga ikki yilgacha vaqt ketishi mumkin.

Uning ta’kidlashicha, agar urush cho‘zilsa, neft ta’minotidagi tanqislik yanada kuchayishi mumkin. Xususan, strategik ahamiyatga ega Ormuz bo‘g‘ozi to‘liq ishlashi tiklanmaguncha va energetika bozori ishtirokchilari ishonchi qayta tiklanmaguncha, neft bozorida bosim saqlanib qoladi.

📉 Amin Nosirning bahosiga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi zarbalari boshlanganidan beri jahon bozori taxminan 3 milliard barrel neftdan mahrum bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’minot tiklanganidan keyin ham zaxiralarni to‘ldirish va bir vaqtning o‘zida mavjud talabni qondirish uchun ikki yilgacha vaqt talab qilinishi mumkin.

Kiritildi: 21:03 05.10.2026. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!