Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Jahon harbiy xarajatlari rekord darajaga yetdi

Jahon harbiy xarajatlari rekord darajaga yetdi

Stokgolm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti (SIPRI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda dunyo mamlakatlarining mudofaa xarajatlari ketma-ket 11 yil davomida o‘sib, 2,88 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich jahon YAIMning 2,5 foiziga teng bo‘lib, 2009 yildan beri eng yuqori natijadir. Eng ko‘p mablag‘ sarflovchi davlatlar uchligini AQSh (954 mlrd dollar), Xitoy (336 mlrd dollar) va Rossiya (190 mlrd dollar) egalladi.

AQShning harbiy xarajatlari Ukrainaga yangi moliyaviy yordam paketi tasdiqlanmagani sababli 7,5 foizga kamaygan bo‘lsa-da, u hamon dunyoda yetakchilik qilmoqda. Rossiya esa urush boshlangandan beri eng past o‘sish sur’atini (5,9 foiz) qayd etgan holda uchinchi o‘rinda qoldi. Shu bilan birga, Ukraina o‘z harbiy byudjetini 20 foizga oshirib, jahonda 7-o‘ringa ko‘tarildi. Germaniya esa 1990 yildan beri ilk bor mudofaa xarajatlarini YAIMning 2 foizidan oshirib, dunyodagi to‘rtinchi yirik harbiy byudjetga ega davlatga aylandi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!