Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Jahon chempioni Ispaniya Xorvatiya maydonida g‘alabani tortib oldi (VIDEO)

Jahon chempioni Ispaniya Xorvatiya maydonida g‘alabani tortib oldi (VIDEO)

Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Xorvatiyani safarda 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Xorvatiyaning Split shahrida bo‘lib o‘tdi.

Bahsda hisobni mezbonlar ochdi. 17-daqiqada Ivan Perishich gol urib, Xorvatiyani oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Mikel Merino muvozanatni tikladi. Uchrashuv yakuniga yaqin ispaniyalik yarim himoyachi yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Asosiy vaqt tugashiga o‘n daqiqa qolganida Ivan Perishich ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Ispaniya 12 ochko bilan A3 guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Xorvatiya esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda Ispaniya safarda Chexiyaga qarshi maydonga tushadi, Xorvatiya esa mehmonda Angliya bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 12 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 05:52 07.10.2026. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!