Geosiyosiy va iqlim xavflari xomashyo bozorlarida taklif bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi. Jumladan, o‘tgan oyda Chikago tovar birjasida bug‘doy narxi 21 foizga, makkajo‘xori 16 foizga, soya 8,5 foizga, guruch esa 9,2 foizga qimmatladi. Intercontinental Exchange birjasida shakar va paxta narxi mos ravishda 21,5 va 13,9 foizga oshdi.
Intesa Sanpaolo bankining xomashyo bozorlari bo‘yicha katta iqtisodchisi Daniela Korsini «Anadolu» agentligi muxbiriga bergan intervyusida kakao narxining o‘sishi Yaqin Sharqdagi urush tufayli energiya xarajatlarining oshishi, iqlim o‘zgarishi oqibatlari va «El-Ninyo» bilan bog‘liq rekord darajadagi haroratlar bilan izohlanganini aytdi.