Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Jahon banki O‘zbekistondagi kompaniyaga nisbatan taqiq qo‘ydi

Jahon banki O‘zbekistondagi kompaniyaga nisbatan taqiq qo‘ydi

Fides Solutions MCHJ va Ravshan Rizametov Jahon banki xodimiga pora berishga uringanlikda ayblanmoqda. Bu haqda Jahon banki ma’lumotlarida keltirilgan.

Jahon banki O‘zbekistondagi Fides Solutions MCHJ va Ravshan Rizametovga nisbatan uch yillik taqiq qo‘ydi.

Fides Solutions va Rizametov korrupsion amaliyotlar bilan shug‘ullanganlik va O‘zbekistonda oliy ta’limni modernizasiya qilish loyihasi doirasida kelgusidagi shartnomaga ta’sir ko‘rsatish maqsadida Jahon banki xodimiga qimmatbaho narsalarni taklif qilganlikda ayblanmoqda.

Shunindek, qayd etilishicha, Fides Solutions kompaniyasi va Rizametov Jahon banki guruhining sanksiyalar bo‘yicha Kengashiga proseduralarda ko‘rsatilgan muddatda javob bermagan.

SDO tomonidan tavsiya etilgan sanksiya 2019 yil 17 iyulda kuchga kirdi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 04:33 19.07.2019. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!