Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jahon Banki Somaliga 100 million dollar kredit ajratmoqchi

Jahon Banki Somaliga 100 million dollar kredit ajratmoqchi

Jahon Banki qurg‘oqchilik va iqtisodiy muammolar bilan kurashayotgan Somaliga 100 million dollar kredit yordami ajratishi ma’lum qilindi.

Jahon Banki Somali Direktori Kristina Svensson poytaxt Mogadishuda Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bilan uchrashdi.

Bu haqda uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

Svenssonning ta’kidlashicha, Jahon Banki Somaliga 100 million dollarlik kredit yordami berishga qaror qilgan. Ushbu kredit bir yil ichida berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u hukumatning zarur faoliyatlari uchun sarflanadi.

Jahon banki 2020 yilda Somaliga 55 million dollar ajratgandi.

1990-yildan buyon Somalida iqlim o‘zgarishi sababli suv toshqinlari va qurg‘oqchilik kabi 30 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi.

Somali hukumati 23-noyabr kuni kuchaygan qurg‘oqchilik tufayli mamlakat bo‘ylab “favqulodda holat” e’lon qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mamlakatdagi gumanitar inqiroz uchun xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan yordam berishga chaqirdi.

Kiritildi: 22:28 17.06.2022. O'qildi: 2009 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!