Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

«Jabhat an-Nusra» Idlib bo‘yicha kelishuvga xalaqit bermoqda

«Jabhat an-Nusra» Idlib bo‘yicha kelishuvga xalaqit bermoqda

Suriyada «Jabhat an-Nusra» terrorchilik guruhi Idlib viloyati bo‘yicha kelishuvni bajarishga xalaqit bermoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining Iordaniyadagi elchisi Holid bin Turkiy Al Saud ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Sentyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Idlib viloyatida 15 oktyabrga qadar qurolsizlantirilgan hududni tashkil etishga kelishgan edi.

«Hozirda ‘an-Nusra’ Idlibda bo‘lib, Idlib kelishuviga xalal bermoqda. Kelishuv suriyalik birodarlarning hayoti va mol-mulkini saqlab qolishi va ular terrorchilik tashkiloti garovga olgan kishilarga aylanmasligiga umid qilamiz», — deydi Saudiya elchisi.

Uning so‘zlariga qaraganda, guruhni Qatar va allaqanday «Arabistonga aloqasi bo‘lmagan mamlakat» qo‘llab-quvvatlamoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:18 12.10.2018. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!