Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Iyul oyida 0,1 foizlik deflyasiya qayd etildi

Iyul oyida 0,1 foizlik deflyasiya qayd etildi



Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,1 foizga pasayishi kuzatildi.

📉 Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 106,4 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2025 yil iyul — 108,9 %) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.



Iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,91 % ga pasayib, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,5 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan sabzi (12,6 %), uzun boshoqli guruch (6,4 %), yumaloq boshoqli guruch (6,1 %), mosh (4,2 %), piyoz (1,7 %) narxlarining oshishi inflyasiyaga ta’sir ko‘rsatdi.



Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyasiyani pasaytiruvchi omil sifatida baqlajon (-42,8 %), bulg‘or qalampiri (-39,4 %), pomidor (-24,0 %), tarvuz (-20,3 %), kartoshka (-18,0 %), qovun (-14,5 %), shaftoli (-10,6 %), bodring (-10,6 %), sarimsoq (-10,0 %), nok (-7,1 %), uzum (-6,6 %), olma (-6,6 %), banan (-6,6 %) va tuxum (-5,0 %) narxlarining pasayishi muhim hissa qo‘shdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan AI-98 va AI-100 markali benzin (10,0 %), AI-95 markali benzin (8,5 %), AI-92 markali benzin (3,9 %) narxi oshishi kuzatildi.



Shuningdek, xizmatlar narxi va tariflarida maishiy chiqindi uchun haq to‘lash (2,7 %), mobil aloqa xizmatlari (2,4 %), shahar avtobusida yo‘l haqi (1,4 %) narxlari oshishi asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan 2 mlndan ortiq narxlar qayd etilgan. 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 98 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Kiritildi: 19:16 05.08.2026. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!