Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ivanka Tramp kiyim-kechak brendi yopiladi

A A A
Ivanka Tramp kiyim-kechak brendi yopiladi

AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp o‘z kiyim-kechak brendining yopilishi va bundan keyin o‘zini davlat rahbarining maxsus maslahatchisi sifatida faoliyat olib borishga bag‘ishlamoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, «daryo.uz» xabar bermoqda.

«Qachondir tadbirkorlikka qaytamanmi yo‘qmi — bilmayman. Shuni aniq ayta olamanki, yaqin kelajakda bor vaqtimni Vashingtondagi ishimga bag‘ishlayman, bu mening jamoam va hamkorlarimga nisbatan eng adolatli qaror bo‘ladi», — deya Ivanka Tramp ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentining qizi 2007 yili o‘z brendiga asos solgan. U kiyim-kechak, oyoq kiyim, sumka va taqinchoqlar ishlab chiqargan.

2017 yili mart oyining so‘ngida Ivanka Tramp rasman davlat xizmatchisi bo‘lishi va Oq uyda beg‘araz asosda ishlashi ma’lum qilingan. Uning lavozimi — prezidentning maxsus maslahatchisi.

Kiritildi: 15:18 25.07.2018. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik