AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka va uning eri Jared Kushner 2020 yilda daromadlarining muhim qismidan mahrum bo‘lishdi. Bloomberg bu haqda hujjatlarga asoslanib yozmoqda.
Juftlikning 2020 yilda va 2021 yilning 20 kunida jami daromadi taxminan 120 million dollarni tashkil qildi. Bu juda katta miqdor bo‘lsa-da, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizdan ko‘proq zararni anglatadi – Tramp va Kushner ilgari bu vaqt oralig‘ida 156 million dollar daromad olishgandi.
Qayd etilishicha, juftlik Ivankaning otasi ma’muriyati uchun qilgan ishlari tufayli katta moliyaviy zarar ko‘rganlar. Prezidentning qizi, o‘tgan yil oxirida ma’lum bo‘lganidek, otasi davlat rahbari lavozimini tark etganidan keyin o‘zining siyosiy karyerasini boshlash haqida o‘ylamoqda.