Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Italiyalik sportchi umrbod tennisdan chetlatildi

A A A
Italiyalik sportchi umrbod tennisdan chetlatildi

Italiyalik tennischilar — Daniele Brachchiale va Potito Starache kelishilgan o‘yinlar uchun jazolandi.

Brachchiale 2018 yilda Gshtaadda o‘tgan musobaqada Marko Berrettini bilan juftlik bahslarida g‘olib chiqqandi. Unga nisbatan 250 ming dollarlik jarima qo‘llandi. Shuningdek, umrbod tennis o‘yinlaridan chetlatildi.

2015 yildan beri kortga chiqmayotgan Starache esa kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 100 ming dollar jarima to‘laydi. Bundan tashqari, 10 yil davomida tennisdan tashqarida yurishiga to‘g‘ri keladi.

Italiya tennis federasiyasi ikkala tennischini ham dastlab umrbod tennisdan chetlatgandi, biroq keyinchalik jazo bekor qilingandi. Bu safargi jazo esa  "Tennis Integrity Unit" tashkiloti tomonidan tayinlandi. Mazkur tashkilot tennisdagi korrupsiyaga qarshi kurash olib boradi.

Manba: turon24

Kiritildi: 11:40 23.11.2018. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!