Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Italiyada mashhur rassomlar asarlari o‘g‘irlandi

Italiyada mashhur rassomlar asarlari o‘g‘irlandi

Parma yaqinida joylashgan Fonda Manyani-Rokka xususiy muzeyidan impressionist rassomlarga tegishli uchta asar o‘g‘irlandi. Ular orasida Pyer Ogyust Renuarning «Baliqlar» nomli kechki davrga mansub ishi, Pol Sezannning qalam va akvarelda chizilgan «Gilosli natyurmort» asari hamda Anri Matissning «Terrasadagi odaliska» akvareli bor.

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, o‘g‘irlik bir hafta oldin — 22 martdan 23 martga o‘tar kechasi sodir etilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yuzlarini kapyushon bilan yashirgan shaxslar kirish eshigini buzib ochgan va uch daqiqa ichida bog‘ orqali asarlar bilan qochib ketgan. O‘g‘irlangan asarlar qiymati bir necha million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!