Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Italiyada COVID-19 sabab tug‘ilishlar soni keskin kamayishi mumkin

Italiyada COVID-19 sabab tug‘ilishlar soni keskin kamayishi mumkin

Italiyada statistika milliy instituti (Istat) COVID-19 pandemiyasi oqibatida tug‘ilishlar soni keskin kamayib ketishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

«Aholi orasida tug‘ilishlar sonining kamayishi COVID-19 epidemiyasi davrida yanada tezlashishi mumkin», – deyiladi hujjatda.

Mamlakat bosh statistika idorasi ekspertlarining qayd etishicha, pandemiya davridagi sarosima va mavhum muhit sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar yaqin vaqt ichida kasallikning salbiy ta’siri yana namoyon bo‘lishini ko‘rsatgan. Ular bunda milliy mehnat bozoridagi tendensiyalarga salbiy ta’sirlar borligini qayd etib, farzandli bo‘lishni istayotgan, ammo iqtisodiy qiyinchiliklardan aziyat chekayotgan italiyaliklar ko‘pligini bildirgan.

Istat hisob-kitoblari bo‘yicha, koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 10 mingga kamayib, 426 ming nafarni tashkil qiladi. Pessimistik ssenariy 2021 yilda ham tug‘ilishlar soni xuddi shunday kamayishini ko‘rsatgan, kelasi yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 396 ming nafargacha kamayishi mumkin.

Istat ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Italiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi tarixiy minimumiga tushgan: yangi tug‘ilganlar soni 435 ming nafarni tashkil qilib, chaqaloqlarning 20 foizining onasi xorijlik ekani aytilgandi. Bu 1861 yilda asos solingan Italiya davlati tarixidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanayotgandi. Italiyada tug‘ilishlar sonining pasayish tendensiyasi 10 yildan buyon davom etib kelmoqda.

Kiritildi: 08:55 05.07.2020. O'qildi: 1838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!