Italiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina energetikasini qo‘llab-quvvatlash uchun 13 million yevro ajratilishini e’lon qildi.
"Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining ko‘rsatmasiga ko‘ra, Italiya Ukraina energetikasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 13 million yevro ajratdi," - deyiladi Italiya tashqi ishlar vazirligi saytida.
Ta’kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar Ukrainaning "energetika tizimlarini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarida muhim qadamdir."