Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiya TIV rahbari AQShga safarini bekor qildi

Italiya TIV rahbari AQShga safarini bekor qildi

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani AQSh prezidenti Donald Trampning Italiya bosh vaziri Jorja Meloni haqidagi bayonotlaridan so‘ng AQShga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Antonio Tayani 19 iyun kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Trampning so‘zlarini “jiddiy va haqoratomuz” deb atadi.

“Prezident Trampning bosh vazir Jorja Meloni haqidagi jiddiy va haqoratomuz bayonotlari butun Italiyaga nisbatan haqoratdir. Shu munosabat bilan 21–22 iyunga rejalashtirilgan AQSh safarimni bekor qilishga qaror qildim”, deb yozdi Italiya TIV rahbari.

Tayani Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Italiya—AQSh biznes, investisiyalar, fan va innovasiyalar forumida ishtirok etishi kerak edi. AQSh Davlat departamentining 18 iyundagi bayonotiga ko‘ra, 22 iyun kuni forum doirasida Tayanining AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan edi.

Kiritildi: 14:03 20.06.2026. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!