Madridning «Real» klubiga tegishli bo‘lgan 19 yoshli braziliyalik hujumchi Endrik faoliyatini Milanning «Inter» klubida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Italiyaning amaldagi chempioni Endrikni keyinchalik 35–40 million yevroga majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Hujumchini jamoada ko‘rishni nafaqat «Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu, balki klub prezidenti Juzeppe Marotta ham istamoqda. Biroq «Real» rahbariyati Endrikni 40–45 million yevroga baholayotgani alohida ta’kidlangan.
Yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmini hujumchi ijara asosida «Lion» safida o‘tkazdi. Yarim yil ichida futbolchi 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani (assistni) amalga oshirdi.