Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ispaniyada o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi vaqtida uxlab qoldi. Voqea Milandagi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tgan marosimning jonli efirida qayd etildi. Tadbirni Italiyaning Rai1 telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilgan.
Translyasiya paytida kameralar tomoshabinlar tribunasiga qaratilgan bir lahzada, kadrda bosh vazirning uxlab qolgani aks etgan. Kuzatuvchilarga ko‘ra, Meloni marosim boshidanoq charchoq alomatlari bilan o‘tirgan, tadbirni passiv tarzda kuzatgan. Biroz vaqt o‘tgach, u suyanchiqda uxlab qolgan.
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim yevropalik tvitter foydalanuvchilari bosh vazirni sportchilar va tadbir tashkilotchilariga nisbatan hurmatsizlikda aybladi. Internetda tarqalgan izohlarda bu holat tanqid ostiga olindi, shu bilan birga hazilomuz munosabatlar ham kuzatildi.
Jorja Meloni mazkur holat bo‘yicha hozircha rasmiy izoh bermadi. Italiya hukumati tomonidan ham bu borada bayonot qilinmagan.
Eslatib o‘tish joiz, avvalroq Italiya OAVda Rimdagi San-Lorenso-in-Luchina cherkovidagi freskani restavrasiya qilishdan so‘ng undagi farishtalardan biri Jorja Meloniga o‘xshab qolgani haqida xabar qilingan edi. Restavrator bunday o‘xshashlik ataylab qilinmaganini bildirgan, Vatikan esa freskaning asl ko‘rinishini tiklashni talab qilgan.