Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Italiya bosh vaziri “deepfake” nishoniga aylandi

Italiya bosh vaziri “deepfake” nishoniga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Italiya bosh vaziri Jorja Melonining go‘yoki haqiqiydek ko‘rinadigan, ammo sun’iy intellekt orqali yaratilgan bir nechta soxta suratlari tarqalgan. Ayrim foydalanuvchilar bu fotosuratlarni haqiqiy deb o‘ylab, bosh vazirga qarshi siyosiy tanqidlarni boshlab yuborgan.

Meloni bu holatni zamonaviy axborot makonidagi jiddiy xavf deb atadi. Uning ta’kidlashicha, “deepfake” texnologiyalari odamlarni osongina chalg‘itishi, jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilishi va istalgan insonni nishonga aylantirishi mumkin.

“Bugun bu men bilan sodir bo‘lyapti, ertaga esa istalgan odam bilan yuz berishi mumkin”, — dedi Italiya bosh vaziri.

U foydalanuvchilarni internetdagi har qanday foto yoki videoga ishonishdan oldin manbani tekshirishga chaqirdi

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!