Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Istanbulga uchayotgan samolyot favqulodda Samarqandda qo‘ndi

Istanbulga uchayotgan samolyot favqulodda Samarqandda qo‘ndi

Xoshimin shahridan Istanbulga yo‘l olgan Turkish Airlines aviakompaniyasining TK163 reysi Samarqand xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot Samarqandga Toshkent vaqti bilan soat 3:40 da qo‘ngan.

Boeing 787 ekipaji bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.

Xususan, 1959-yilda tug‘ilgan Fransiya fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yurak xuruji gumon qilinmoqda.

Shu bilan birga, yo‘lovchi va unga hamroh bo‘lgan ikki kishi qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

Zarur amaliyotlar bajarilgandan so‘ng, parvoz davom ettirildi. Mahalliy vaqt bilan soat 5:11 da Turkish Airlines aviakompaniyasining reysi Istanbulga jo‘nab ketdi.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!