Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi (video)

Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi (video)

Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi. Uyda yashovchilar evakuasiya qilingan, hech kim jabrlanmagan. Bu haqda Istanbul gubernatori ma’muriyati ma’lum qildi.

Bugun 14.15da (Toshkent vaqti bilan 16.15) tayanch devor ag‘darilishi oqibatida Kagitxona rayonida 4 qavatli uy qulab tushdi. Uyda yashovchilar ertalab evakuasiya qilingan, shuningdek xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Jabrlanganlar yo‘q , - deyiladi ma’muriyat saytidagi xabarda.

Qayd etilishicha, qulagan bino yaqinidagi yana o‘nta uyda yashovchi aholi ham evakuasiya qilingan. Bu binolar ham qulab tushishi mumkin.

NTV telekanali binoning qulab tushishi tasvirlangan videoni namoyish etdi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 23:15 22.04.2019. O'qildi: 1464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!