Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Istanbulda Isroil konsulligi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Istanbulda Isroil konsulligi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbul shahrida Isroil konsulligi joylashgan bino yaqinida yuz bergan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, ikki nafar polisiya xodimi jarohatlandi.

Agentlik e’lon qilgan videokadrlarda otishma ovozi eshitilgach, polisiyachi qurolini chiqarib pana joyga yashiringani va voqea joyida yaralangan shaxs aks etgan.

Mazkur hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo‘lib, qurollangan polisiya doimiy navbatchilik qilmoqda. Hozirda huquq-tartibot organlari hududni qurshovga olgan va surishtiruv ishlari olib borilyapti, deyiladi xabarda

Kiritildi: Bugun 15:23. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!