Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

«Issiq non» badiiy filmi xalqaro festivalda qatnashadi

«Issiq non» badiiy filmi xalqaro festivalda qatnashadi

Rejissyor Umid Hamdamov tomonidan suratga olingan «Issiq non» badiiy filmi 24-27 avgust kunlari Ufa shahrida bo‘lib o‘tadigan «Serebryaniy Akbuzat» kinofestivalining tanlov dasturida ishtirok etadi.

Festivalning geografiyasi bu yil sezilarli darajada kengaygan bo‘lib, Rossiyaning 12 ta sub’ekti va 15ta xorijiy mamlakatlardan umumiy hisobda 48 ta  film namoyish etiladi. Festival bu yil birinchi marta qit’alararo darajaga chiqdi. Bu safargi festivalda Nepal, Eron, Hindiston, Indoneziya, Litva, Fransiya, Polsha, Moldova va dunyoning boshqa nuqtalaridan ishtirokchilar qatnashadi.

«Serebryaniy Akbuzat» kinofestivali tashkilotchilar tomonidan milliy va etnik yo‘nalishdagi filmlar, shuningdek, ijtimoiy va motivasion filmlar yaratgan kinoijodkorlarning ijodini ommalashtirish uchun mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:00 15.08.2019. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!