Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroilning Quddus shahrida ikkita portlash ro‘y berdi

Isroilning Quddus shahrida ikkita portlash ro‘y berdi

Birinchi portlash shaharga kiraverishdagi avtobus bekatida yuz berdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, kamida 13 kishi jarohatlangan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga sumkada qoldirilgan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan.

Ikkinchisi birinchi portlash sodir bo‘lgan joyga yaqin joylashgan Ramot chorrahasida sodir bo‘ldi. Mahalliy OAVga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan.

Shahar meri o‘rinbosari ikki portlash natijasida jarohatlanganlar soni 18 kishiga yetgani va ulardan 2 nafari og‘ir ahvolda ekanini xabar qilmoqda.

Kiritildi: 12:37 23.11.2022. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!