Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Beyrut chekkasiga bergan havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 45 kishiga yetdi

Isroilning Beyrut chekkasiga bergan havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 45 kishiga yetdi

Isroilning 20 sentyabr kuni Beyrutning janubiy chekkasiga uyushtirgan havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 45 kishiga yetdi, 68 kishi jarohat oldi.

Bunday ma’lumotlar Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining xulosasida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng binolar vayronalari ostidan bir nechta noma’lum jasadlar topilgan.

"Patologlar havo hujumida halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun DNK namunalarini oldilar", deyiladi matnda.

Avvalroq Isroilning Livan poytaxtiga bergan zarbasi natijasida 37 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

“Hizbulloh” harakatining qurolli qanoti, o‘z navbatida, Isroilning Beyrutning janubiy chekkalariga raketa hujumi chog‘ida ikki harbiy yetakchi, 14 nafar jangchi va qo‘mondon halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Kiritildi: Bugun 15:04. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!