Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Isroilliklar istalgan iPhone va Android-smartfon himoyasini buzuvchi qurilma yaratishdi

Isroilliklar istalgan iPhone va Android-smartfon himoyasini buzuvchi qurilma yaratishdi

Apple o‘z mahsulotlarining himoyasiga jiddiy qaraydi, ayniqsa, ayfonlar muhofazasi kompaniyaning nufuzi uchun o‘ta ahamiyatlidir. Biroq Cellebrite kompaniyasi ularning ham himoyasini buzib keiradigan gadjet yarata oldi.

Isroilning ushbu kompaniyasi uyali telefonlar va boshqa turdagi mobil qurilmalardan ma’lumotlar olish, uzatish va tahlil etishga ixtisoslashgan. Uning yangi gadjeti Universal Forensic Extraction Device (UFED) deb nomlanadi. Ushbu devays istalgan iPhone va Android-smartfonning himoyasini chetlab o‘tib, blokdan chiqara oladi.

Dasturchilarning ta’kidlashicha, UFED kupertinolik korporasiyaning iOS 7 dan to iOS 12.3 gacha talqinida ishlovchi har qanday ayfonining himoyasini buzishga qodir. Unda qo‘llangan texnologiya smartfondagi «chet ilovalar ma’lumotlariga, messenjerlardagi yozishmalarga, elektron pochtadagi xatlar va tirkama fayllarga, masofadagi kontentga va ko‘plab boshqa narsalarga» kirish imkonini beradi.

UFED huquqni himoya qiluvchi idoralar, maxsus xizmatlar, harbiylar uchun asqotishi mumkin. Aytish kerakki, 2016 yili San-Bernardinoda terrorchilik hujumini uyushtirgan Said Farruxning iPhone’ini blokdan chiqarishda AQSh Federal qidiruv byurosiga ayni shu Cellebrite kompaniyasi yordam bergan.

Kiritildi: 06:00 18.06.2019. O'qildi: 1263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!