Isroil janubidagi kimyoviy zavodda raketa parchasi qulaganidan keyin yong‘in sodir bo‘ldi.
Isroil atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Idit Silman bu haqda The Times of Israel nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, xavfli moddalar oqishi xavfi aniqlanmagan. "Xavfli moddalar oqishi yoki jamoatchilik uchun tahdid haqida hech qanday xavotirlar aniqlanmadi", dedi vazir.
Silman agentlik mutaxassislari voqea joyini tekshirib, kerakli namunalarni olganini, shundan so‘ng jamoatchilik uchun hech qanday xavf yo‘qligini ta’kidladi. "Tekshiruvlar va qayta sinov natijalariga ko‘ra, yo‘llarni qayta ochish va normal faoliyatni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", deb qo‘shimcha qildi u.
The Times of Israel xabariga ko‘ra, shikastlangan zavod Xitoyning Syngenta korporasiyasining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan ADAMAtegishli. Zavod insektisidlar, gerbisidlar va fungisidlar kabi qishloq xo‘jaligi kimyoviy moddalarini ishlab chiqaradi.