Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroilda niqobsiz yurishga ruxsat berildi

Isroilda niqobsiz yurishga ruxsat berildi

Isroil davlati Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda kasallanganlar soni kamaygani natijasida aholiga niqobsiz yurishga ruxsat berildi. Ammo bu ruxsat hamma joyda ham emas. Aholi gavjum joylarda va yopiq muassasalardagi cheklovlar hali hamon o‘z kuchida.

Yaqinda vaksina olgan turistlarga mamlakatga kirishlariga ruxsat berilishi ma’lum qilingan edi. Lekin sayyohlar samolyotga chiqishlaridan oldin PSR-test topshirishlari lozim. Bundan tashqari Isroil aeroportini tark etayotganlarida ham PSR-test va antitelani tekshiri uchun test topshirishlari kerak bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil emlangan turistlarga 23 maydan mamlakatga kirishlariga ruxsat beradi.

Kiritildi: 21:19 18.04.2021. O'qildi: 2434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!