Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Isroil The New York Times nashrini sudga beradi

Isroil The New York Times nashrini sudga beradi

Isroil falastinliklarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik haqidagi maqola tufayli The New York Times nashrini sudga beradi — Isroil Bosh vaziri ofisi.

Xabarda ushbu material zamonaviy matbuotda mamlakatga qarshi e’lon qilingan "eng dahshatli va buzuq yolg‘on" deb ataldi.

Gap jurnalist Nikolas Kristofning uch kun avval chop etilgan maqolasi haqida ketmoqda. Unda 14 nafar falastinlik bilan o‘tkazilgan intervyuga tayanib, Isroil askarlari va ko‘chib kelganlar mahbuslarga nisbatan muntazam ravishda jinsiy zo‘ravonlik ishlatgani da’vo qilinadi.

Malumotlarga ko‘ra, maqola muallifi buni falastinliklar bilan muomala qilishdagi "standart operativ proseduralardan" biri deb atagan.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!