Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroil Sharqiy Quddusda “Poytaxt qalqoni” operasiyasini o‘tkazmoqda

Isroil Sharqiy Quddusda “Poytaxt qalqoni” operasiyasini o‘tkazmoqda

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Kafr Aqab tumani deyarli to‘liq izolyasiya qilingan: yo‘llar yopilgan, suv va elektr ta’minoti izdan chiqqan, minglab o‘quvchilar maktabga bora olmayapti.

Reydlar doirasida Isroil kuch tuzilmalari og‘ir texnikani kiritish uchun ajratuvchi devorning bir qismini demontaj qilgan va devorga yaqin joylashgan binolarni buzishga kirishgan. Haaretz ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon o‘nlab inshootlar vayron qilingan, boshqa binolar egalari esa buzish to‘g‘risidagi ogohlantirishlarni olgan.

Kuch tuzilmalari harakatlari tufayli tumanda yo‘llar yopilgan, natijada dushanba kunidan boshlab aksariyat maktablarda darslar bekor qilingan.

Isroil matbuoti va jamoatchilik tashkilotlari polisiya tomonidan turar joy massivlarida yorug‘lik-shovqinli granatalar va rezina o‘qlardan foydalanilgani haqida ham xabar bergan.

Kafr Aqab — Sharqiy Quddusdagi eng shimoliy arab-falastin tumani. 1967 yilgi urushdan so‘ng Isroil ushbu hududni Quddus munisipaliteti yurisdiksiyasiga kiritgan, biroq u shaharning qolgan qismidan devor bilan ajralgan va amalda shahar infratuzilmasidan izolyasiya qilingan.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!