Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroil Saudiya Arabistonini Eron bilan urushga jalb qilmoqchi

Isroil Saudiya Arabistonini Eron bilan urushga jalb qilmoqchi

Saudiya Arabistoni razvedka xizmatining sobiq rahbari, shahzoda Turki ibn Faysal Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida Isroil va AQSh Eronga qarshi harbiy keskinlikni kuchaytirganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, buning oqibatlari nafaqat Saudiya Arabistoniga, balki butun mintaqaga ta’sir qilmoqda.

Shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, Isroil «Buyuk Isroil»ni barpo etishga intilayotgan bo‘lsa, Eron ham mintaqada o‘z siyosatini ilgari surmoqda. Uning fikricha, har ikki tomonning harakatlari Yaqin Sharqdagi keskinlikni kuchaytirmoqda.

Turki ibn Faysalning aytishicha, Er-Riyod AQShni Eron bilan harbiy mojaro oqibatlari haqida ogohlantirgan, ammo bu ogohlantirishlar inobatga olinmagan.

Shahzoda, shuningdek, Yevropa davlatlari, AQSh va Xitoyni Hurmuz va Bob al-Mandab bo‘g‘ozlarida xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu bo‘g‘ozlar Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi muhim savdo yo‘nalishlari hisoblanadi.

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida tuzilgan Makka pakti haqida gapirar ekan, Turki ibn Faysal ittifoq hozircha to‘liq operativ markazga ega emasligini, biroq Anqara va Islomobod Er-Riyodga qurol-yarog‘ va razvedka ma’lumotlari bilan yordam ko‘rsatayotganini bildirdi.

G‘azodagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Turki ibn Faysal G‘arb davlatlarining Isroilga ko‘rsatayotgan yordami va qurol yetkazib berishini tanqid qildi. Shuningdek, u G‘azodagi voqealar bo‘yicha G‘arbning pozisiyasi bilan Saudiya Arabistonida o‘lim jazosi qo‘llanilishi yuzasidan bildirilayotgan tanqidni qiyosladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya qonunchiligida, jumladan, giyohvand moddalar kontrabandasi uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 21:02 07.10.2026. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!