Isroil muzokaralar davomida Hamasdan G‘azo sektori bo‘yicha muhokama qilingan kelishuv doirasida radikallar ozod qilishga tayyor bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini haligacha olmagan.
Bu haqda TASS agentligiga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
"Isroil muzokaralar davomida o‘g‘irlangan fuqarolarning ismlarini olmadi", dedi u agentlikning tegishli savoliga javoban. Shu bilan birga, Gendelman "Isroilning muzokaralar guruhi keyingi 24 soat ichida Qatarga uchib ketishi mumkin" deb ta’kidladi.
Reuters agentligi Xamas vakiliga tayanib xabar berishicha, harakat G‘azo sektori bo‘yicha kelishuv doirasida radikallar ozod qilishga tayyor bo‘lgan 34 nafar garovga olinganlar ro‘yxatini tasdiqlagan.