Eron Isroil hududiga raketa zarbalar bersa, "bugun" Eron bilan urushni qayta boshlashi mumkin.
Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas jurnalistlarga shunday dedi.
Uning ta’kidlashicha, harbiy harakatlar ikki ssenariy bo‘yicha qayta boshlanishi mumkin: yoki AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni samarasiz va charchagan deb hisoblasa, yoki Eron Isroilga raketa zarbasi bersa.
"Agar Eron Isroilga raketa zarbalarini bersa, Isroil kuch bilan javob qaytaradi. Biz Eron Isroilga raketa otgan har qanday vaziyatni qabul qilmaymiz. Bu haqda AQShga ham xabar berilgan. Isroil to‘liq jangovar tayyorgarlik holatida va zarbalar uchun nishonlar mavjud", dedi Kas.