Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Isroil Madrimov prof boksdagi uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi (video)

Isroil Madrimov prof boksdagi uchinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi (video)

Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 9 iyun tongida o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi.

Mazkur jangda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales (23 ta g‘alaba, 13 ta nokaut, 12 ta mag‘lubiyat) raqiblik qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jangda tashabbusga erishgan Madrimov Gonsalesni 6-raundda muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratib, faoliyatidagi uchinchi g‘alabasini tantana qildi. Natijada Isroil WBA Intercontinental chempionlik kamarini munosib himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9 mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi.

Kiritildi: 09:05 09.06.2019. O'qildi: 2129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!