Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil Madrimov kamarini himoya qildi va muddatdan avval g‘alaba qozondi

Isroil Madrimov kamarini himoya qildi va muddatdan avval g‘alaba qozondi

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,85)  ringga ko‘tarilayotgan Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham muddatdan avval g‘alaba qozondi.

Nyu-York shahridagi «Madison Square Garden» arenasida kechgan boks oqshomida Madrimov meksikalik tajribali raqib Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 5 raundda nihoyasiga yetdi. Birinchi raundda ham nokdaun holatiga tushgan Barrera beshinchi raundda ham o‘zbekistonlik bokschining kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborgach, referi texnik nokaut qayd etib, jangni muddatidan oldin to‘xtatdi.

Shu tariqa, professional faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ham g‘alaba qozongan (barchasida nokaut bilan) Isroil Madrimov WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qildi.

Kiritildi: 15:35 06.10.2019. O'qildi: 2077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!