Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil Madrimov AQShda Terens Kroufordga qarshi jang oldidan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Isroil Madrimov AQShda Terens Kroufordga qarshi jang oldidan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov uch nafar o‘zbekistonlik bokschi bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Mashg‘ulotlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtati, Indio shahrida davom etmoqda.

E’tiborlisi, Isroilga mashg‘ulotlarda Murodjon Ahmadaliyev, Bektemir Meliqo‘ziyev va Botir Ahmedov ham yordam beryapti.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov - Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Amerikalik bokschi professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

Kiritildi: 18:59 08.07.2024. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!