Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil Livan, Suriya va G‘azo sektorining bir qismidagi harbiy nazoratni saqlab qolmoqchi

Isroil Livan, Suriya va G‘azo sektorining bir qismidagi harbiy nazoratni saqlab qolmoqchi

Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar fonida X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Isroil armiyasi “xavfsizlik zonasi” hududlaridan — Hermon tog‘ining cho‘qqisidan tortib Livan tog‘lari, Samariya hududlari hamda G‘azo sektorining katta qismigacha bo‘lgan hududlardan chiqib ketmaydi.

Kasning ta’kidlashicha, Isroil 7 oktyabr voqealaridan saboq chiqargan va turli guruhlardan keladigan tahdidlarga qarshi o‘z chegaralarini himoya qilishda davom etadi.

"Mamlakatimiz xavfsizlik bo‘yicha aniq va o‘zgarmas pozisiyaga ega: biz har qanday tahdidga qarshi harakat qilamiz, yon berish yoki murosaga emas, balki xavfsizlikni ta’minlaydigan qarorlarga intilamiz", — dedi vazir.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!