Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil Livan janubidagi o‘nlab qishloqlarni o‘z nazoratiga oldi

Isroil Livan janubidagi o‘nlab qishloqlarni o‘z nazoratiga oldi

Isroil armiyasi (SAXAL) ilk bor Livan hududi ichkarisidagi o‘z pozisiyalari xaritasini e’lon qildi. Xaritada sharqdan g‘arbga cho‘zilgan mudofaa chizig‘i Livan hududi ichkarisiga qarab 5–10 kilometrgacha kirib borganini ko‘rish mumkin. Isroil ushbu hududda maxsus “bufer zona” tashkil etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Isroil harbiylari mazkur hududdagi Livan qishloqlarini vayron qilgan va buni Isroil aholi punktlarini “Hizbulloh” hujumlaridan himoya qilish bila izohlagan. Avvalroq Isroil Suriya va G‘azoda ham shunday “bufer zona”lar tashkil etgan bo‘lib, hozirda bu hududlarni nazorat qilmoqda.

Isroil zarbalari sababli o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan livanliklarning ortga qaytishi masalasi noaniq. Isroil harbiylari bu borada izoh berishdan bosh tortgan. Livan xavfsizlik tuzilmalariga ko‘ra, tinch aholining bu hududga kirishi Isroil harbiylari tomonidan taqiqlangan.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!