Bugun 1 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil Livan janubidagi "Hizbulloh" tunnellarini vayron qildi

Isroil Livan janubidagi "Hizbulloh" tunnellarini vayron qildi

Isroil Mudofaa Kuchlari Livan janubida shia tashkiloti "Hizbulloh"ga tegishli bir nechta yer osti tunnellarini portlatib yubordi, ularda taxminan 700 tonna portlovchi moddalar ishlatilgan.

Bu haqda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Israel Kasning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

Isroil tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, tunnellar Bofort tizmasida joylashgan bo‘lib, qo‘mondonlik punkti sifatida, shuningdek, Isroilga dronlar va raketalarni uchirish uchun ishlatilgan.

Bayonotda operasiya "Hizbulloh"ning sulhni buzganidan keyin amalga oshirilgani ta’kidlangan. Isroil rasmiylari shuningdek, armiya Livan janubidagi guruh infratuzilmasini yo‘q qilishda davom etishini va har qanday tahdidlarga qattiq javob berishini ta’kidladilar.

Kiritildi: 10:40 31.07.2026. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!