Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil Livan janubida "Hizbulloh"ning ikkita tunnelini vayron qildi

Isroil Livan janubida "Hizbulloh"ning ikkita tunnelini vayron qildi

Isroil Mudofaa Kuchlari Livan janubida "Hizbulloh"ga tegishli ikkita tunnelni yo‘q qildi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.

Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, tunnellar "Eron standartlariga muvofiq" qurilgan bo‘lib, Tehron ularni loyihalash va moliyalashtirishda bevosita ishtirok etgan.

"Tunnellar Qantara hududida joylashgan bo‘lib, taxminan 2 kilometrga cho‘zilgan va ularni yo‘q qilish uchun 450 tonnadan ortiq portlovchi moddalar ishlatilgan", deyiladi bayonotda.

Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, tunnellarda yashash joylari va operasion rejalashtirish uchun ishlatiladigan 30 dan ortiq xonalar, shuningdek, taxminan 30 ta shaxta mavjud edi.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!