Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Isroil «Hizbulloh» rahbarining kotibini o‘ldirdi

Isroil «Hizbulloh» rahbarining kotibini o‘ldirdi

Isroil armiyasi Bayrutga tungi zarba natijasida Naim Qosimning shaxsiy kotibi va jiyani o‘ldirilganini bildirdi.

Isroil armiyasi payshanba kuni Ali Yusuf Harshi — Naim Qosimning shaxsiy kotibi va jiyani — chorshanbaga o‘tar kechasi Bayrutga berilgan aviahujum natijasida o‘ldirilganini ma’lum qildi. Harbiylar Harshini Qosimning «yaqin hamkori va maslahatchisi» deb atab, u «uning idorasini boshqarish va xavfsizligini ta’minlashda markaziy rol o‘ynagan»ini ta’kidladi. «Hizbulloh» bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Zarba Bayrut janubidagi Laylaki-Kafaat hududiga berilgan — portlashlar butun poytaxt bo‘ylab eshitilgan, deb xabar qildi Livan davlat agentligi. Mamlakat fuqarolik mudofaasi ma’lumotiga ko‘ra, faqat chorshanba kuni Livan bo‘ylab, jumladan Bayrutdagi zarbalar natijasida kamida 254 kishi halok bo‘lgan, yana 1 165 kishi jarohat olgan. 2 mart kunidan beri boshlangan Isroil operasiyasi davomida halok bo‘lganlar soni 1 739 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 5 873 nafarga yetganini Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Zarbalar chorshanba kuni e’lon qilingan AQSh va Eron o‘rtasidagi sulhga qaramay amalga oshirildi. Qator xalqaro yetakchilar o‘t ochishni to‘xtatish tartibini Livanga ham tatbiq etishga chaqirmoqda — biroq Vashington va Tel-Aviv buga qarshi chiqmoqda. Isroil Livan hududida 2 martdan buyon harakat qilmoqda, o‘shanda «Hizbulloh» Eron tomonida mojaroga qo‘shilgan edi. Shu bilan birga, 2024 yil noyabridan beri Tel-Aviv amaldagi sulh kelishuvini muntazam ravishda buzib, Livan hududiga zarbalar berishni davom ettirgan.

Kiritildi: Bugun 08:23. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!