Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil havo kuchlari hujumi natijasida Natanzdagi uranni boyitish majmuasi zarar ko‘rdi

Isroil havo kuchlari hujumi natijasida Natanzdagi uranni boyitish majmuasi zarar ko‘rdi

Shahid Ahmadi Roshan (Natanz) uran boyitish majmuasi Isroil havo kuchlarining Eronga bergan zarbalari natijasida zarar ko‘rdi. Hozirda yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti ma’lum qildi.

"Hozircha ob’ektga joylashtirilgan kuchlar orasida qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot olinmagan", - deya xabar beradi AYEOI.

Tashkilotning fikricha, bunday ob’ektlarga hujum Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikning (MAGATE) muvaffaqiyatsiz siyosati va "agentlik nazorati ostidagi tinch yadroviy ob’ektlar xavfsizligini ta’minlay olmasligi" bilan bog‘liq.

Kiritildi: 13:56 13.06.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!