Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Isroil harbiylari G‘arbiy Sohilda 25 nafar falastinlikni hibsga oldi

Isroil harbiylari G‘arbiy Sohilda 25 nafar falastinlikni hibsga oldi

Isroil harbiylari 16 aprel kuni G‘arbiy Sohil hududida reyd o‘tkazib, 25 nafar tinch aholi vakillarini hibsga olgan. Bu haqda Anadolu nashri arab manbalariga asoslanib, xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hibsga olinganlar orasida voyaga yetmaganlar ham bor. Ularning bir qismi oldin ham Isroil kuchlari tomonidan hibsda bo‘lgan.

Hibsga olishlar, asosan, Isroil tomonidan okkupasiya qilingan Sharqiy Quddus, Hebron, Baytlahm, Qalqilya va Jeninda amalga oshirilgan. Reyd davomida o‘zini shubhali tutgan hamma hibsga olingan.

Hibsga olinganlar va sobiq mahbuslar ishlari bo‘yicha komissiya hamda Falastin asirlari jamiyatining qo‘shma bayonotiga ko‘ra, hozirga qadar Isroil kuchlari tomonidan G‘arbiy Sohilda hibsga olingan falastinliklar soni 8270 nafarga yetgan. Turli reydlar chog‘ida o‘ldirilgan tinch aholi vakillari soni esa 468 nafarni tashkil etgan.

Xalqaro hamjamiyat HAMAS mavjud bo‘lgan G‘azo sektoridan farqli o‘laroq, G‘arbiy Sohilda Isroilga xavf soluvchi hech qanday kuch yo‘qligini ta’kidlab, Tel-Avivni reydlardan tiyilishga chaqirgan. Isroil rasmiylari so‘rovlarga javob bermagan.

Kiritildi: 11:31 17.04.2024. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!