Isroil hukumati G‘azo sektorining Falastin qismini Isroil armiyasi nazoratidagi qismdan ajratib turuvchi "Sariq chiziq" demarkasiyasidan qo‘shinlarini olib chiqmaydi.
Bu haqda The Times of Israel manbalarga tayanib xabar berdi.
"Isroil o‘z qo‘shinlarini G‘azo sektoridagi mavjud chiziqdan olib chiqmaydi. Rasmiylar mamlakat fuqarolari va harbiylariga tahdidlarni bartaraf etishda davom etadi", dedi nashrga Isroilning yuqori lavozimli amaldori.
Isroil ilgari Tinchlik Kengashining G‘azo sektorida aholi punktlarini qurish bo‘yicha taklif qilingan rejasi Isroil talablariga javob bermasligini va mamlakatning mintaqadagi manfaatlariga zid kelishini aytgan edi. Xususan, rasmiylar Hamas to‘liq qurolsizlantirilmaguncha Isroil o‘z qo‘shinlarini olib chiqmasligini ta’kidladilar.