Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil G‘azoda harbiy operasiya o‘tkazmoqchi.

A A A
Isroil G‘azoda harbiy operasiya o‘tkazmoqchi.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu agar G‘azodagi gumanitar vaziyat yaxshilanmasa, Isroil armiyasi bu yerda harbiy operasiya o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Isroilning Kanal 2 telekanaliga asoslanib xabar tarqatdi.

Bosh vazirning aytishicha, G‘azodagi gumanitar inqiroz Isroil uchun tahdiddir.

“Isroil G‘azodagi tartibsizliklar ko‘lami qisqarishini istaydi, ammo buning sodir bo‘lishiga ishonchimiz komil emas. Shuning uchun Isroil harbiy operasiyaga tayyorlanmoqda va bu shunchaki gap emas”, – dedi Netanyaxu. 

Avvalro Isroil bosh vaziri Falastin rahbari Mahmud Abbsoni «mintaqani bo‘g‘ish»da ayblagan edi. Uning fikriga ko‘ra, Abbbos “G‘azoga pul oqimini to‘xtatib qo‘ydi”, buning oqibatida mintaqada gumanitar vaziyat og‘irlashdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 08:45 09.10.2018. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik