Isroil Mudofaa Kuchlari G‘azo sektorining janubidagi XAMASning harbiy qanoti bo‘lgan Xon Yunis brigadasida rota komandiri o‘ldirilganini e’lon qildi. U go‘yoki Isroil kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirgan.
Bu haqda The Times of Israel nashri xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, hujum 13 avgust kuni Xon Yunis hududida sodir bo‘lgan. Unda Isroil harbiylari XAMAS Xon Yunis brigadasida rota komandiri deb ta’riflagan Hudayfa Xolid Sulaymon Kavari halok bo‘lgan.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, urush paytida Kavari XAMAS jangarilarini o‘qitgan, qurol tashigan va guruhning jangovar qobiliyatini tiklashda ishtirok etgan.
Isroil harbiylari hujum amaldagi sulhga qaramay sodir bo‘lganini, chunki Kavari Isroil kuchlariga qarshi hujumkor harakatlarni davom ettirganini ta’kidladi.