Isroilning sobiq bosh vaziri kutilmagan bayonot berdi. Uning aytishicha, Isroil hukumatga qarshi namoyishchilarga yordam berish uchun Eronga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qabul qilish qurilmalarini yashirincha olib kirgan. Biroq amaldagi bosh vazir Binyamin Netanyahu hukumati ushbu rejani oxiriga yetkazmagan.
Bennetning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar namoyishchilarga o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish va yakunda Eron hukumatini ag‘darish imkonini berishi kerak edi.
2021—2022 yillarda bosh vazir bo‘lgan Naftali Bennet Quddusdagi xalqaro sammitda nutq so‘zladi. U Eron ichida internet va ijtimoiy tarmoqlar uzluksiz ishlashi uchun o‘n minglab Starlink qurilmalarini sotib olish hamda yashirincha olib kirish jarayonini shaxsan o‘zi boshlaganini aytdi.
"Afsuski, Isroilning hozirgi samarasiz hukumati buni to‘xtatib qo‘ydi. Namoyishlar boshlanganda esa mamlakatda kerakli infratuzilma yo‘q edi", — dedi sobiq bosh vazir.