Isroil mudofaa vaziri mamlakat Eron bilan bog‘liq xavfsizlik masalalarida AQShdan mustaqil qaror qabul qilishda davom etishini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Vashington va Tehron o‘rtasida qanday kelishuvlar imzolanishidan qat’i nazar, Isroil o‘z milliy xavfsizligiga oid qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi:
▪️ Suriyadagi Hermon tog‘lari atrofida;
▪️ Livan janubida;
▪️ G‘azo sektorining katta qismida
o‘z harbiy mavjudligini saqlab qoladi.
Bayonotda qayd etilishicha, mazkur hududlardagi nazorat Isroil xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega hisoblanadi va bu masala AQSH–Eron munosabatlaridagi o‘zgarishlarga bog‘liq emas.
Kuzatuvchilar fikricha, ushbu bayonot AQSh va Eron o‘rtasida ehtimoliy kelishuv muhokama qilinayotgan bir paytda Isroilning o‘z xavfsizlik siyosati bo‘yicha mustaqil yo‘l tutish niyatini namoyon etmoqda.